Hayotining birinchi yilida go'dak uchun har jihatdan yaxshi oziqа - bu ona sutidir

Mutaxassislar uchun

Xorol zavodining bolalar oziq-ovqat mahsulotlari

«Xorol bolalar oziq-ovqat mahsulotlari zavodi» MChJ Ukrainadagi eng yirik bolalar va maxsus oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi zavod hisoblanadi. 40 yildan ortiq vaqt oralig’ida «Malyuk» va «Malysh» aralashmalari mamlakatimizda muvaffaqiyatli qo’llanib kelinmoqda.

Ishlab chiqarish Poltava viloyatining ekologik toza hududida joylashgan, «Bosch» va «Alfa Laval» sutni qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalarning texnologik, sovutish va energiya uskunalari bilan jihozlangan. Sifatni nazorat qilishga alohida e’tibor beriladi. Resurs bazasi joylashgan hududda qonun tomonidan tasdiqlangan, amalga oshirilgan va doimiy ravishda monitoring qilinadigan maxsus tadbirlar majmui ishlab chiqilgan. Ehtiyotkorlik bilan nazorat qilish ishlab chiqarishning har bir bosqichida amalga oshiriladi. Barcha mahsulotlar Ukraina qonunchiligi talablariga muvofiq sertifikatlangan.

Aralashmalar faqat davlat darajasida bolalar ovqatini ishlab chiqarish uchun maxsus xom-ashyo zonalari maqomiga ega bo’lgan, fermer xo’jaliklaridan keltiriladigan yuqori sifatli sutdan tayyorlanadi.

«Xorol bolalar oziq-ovqat mahsulotlari zavodi» MChJda chaqaloqlar va maxsus oziq-ovqatar zarur vitaminlar, makro- va mikroelementlar, biologik qimmatli komponentlar bilan boyitilgan tabiiy sutdan tayyorlanadi. Texnologiyasining o’ziga xosligi shundaki mahsulotlar yangi, quritilmagan, maxsus saralangan sutdan tayyorlanishidir, bu mahsulotlarning biologik qiymatini iloji boricha saqlashga imkon beradi va aralashmalar hamda bo’tqalarning ajoyib ta’m sifatini aniqlab beradi. Mahsulotlarda bo’yoqlar, aromatizatorlar, konservantlar, pestitsidlar, og’ir metallarning tuzlari, radionuklidlar va boshqa zararli moddalar mavjud emas.

«Xorol bolalar oziq-ovqat mahsulotlari zavodi» MChJ mahsulotlarining asosiy afzalliklaridan biri bu uni tayyorlash jarayonida pasterizatsiya qilish, so’ngra esa, mahsulot tozaligining qiymatini yo’qotmay saqlanishi hisoblanadi.

Sut ko’plab mikroorganizmlar, shu jumladan yuqumli kasalliklarga olib kelishi mumkin bo’lgan patogenlar uchun yaxshi ozuqadir. Mahsulotlarga issiqlik bilan ishlov berish ularni zararsizlantirilishida katta ahamiyat kasb etadi, bu mahsulot sifatini saqlab qolishda juda muhim.

Bolalar ovqatlarini ishlab chiqarishda issiqlik bilan ishlov berishning ikki turi qo’llaniladi — pasterizatsiya va sterilizatsiya. Sutning mikrobiologik tozaligini ta’minlash nuqtai nazaridan sterilizatsiya (100 ° C dan yuqori haroratda ishlov berish) samaraliroq, chunki bu mikroorganizmlar va ularning sporalarini butunlay yo’q qiladi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, issiqlik bilan ishlov berishda yuqori harorat sutning tarkibi va tuzilishidagi sezilarli o’zgarishlarga olib keladi va bu mahsulotning umumiy sifatini yomonlashtiradi.

Pasterizatsiya (mahsulotlari isitish 100 ° C dan oshmaydi) mahsulotning qiymatini saqlagan holda, patogen mikroorganizmlarni, shu jumladan spora hosil qilmaydigan patogen bakteriyalarni yo’q qilishga imkon beradi. Issiqlik bilan ishlov berishning ushbu turi, ham ta’mni, ham bir qator qimmatli komponentlarni (vitaminlar, fermentlar) saqlanib qolishini hisobga olgan holda, deyarli mahsulotni o’zgartirmaydi.

Shunday qilib, bolalar sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda sut va aralashmaning pasterizatsiyasi mikrobiologik tozaligini ta’minlaydi, shu bilan birga sut va tayyor mahsulot tarkibida nisbatan kamroq o’zgarishlar sodir etadi, biologik ahamiyati va ta’mini saqlab qoladi.

Zamonaviy texnologiyalar, asbob-uskunalar va retseptlar sababli, «Xorol bolalar oziq-ovqat mahsulotlari zavodi» MChJning barcha mahsulotlari 87-95°C haroratda pasterizatsiya qilinadi — bu bolalarning to’g’ri rivojlanishi uchun zarur bo’lgan barcha ozuqaviy moddalarni o’zida saqlaydigan «jonli mahsulot» olish imkonini beradi. Aralashmalar diyetolog va sut ishlab chiqarish sohasidagi yetakchi mutaxassislar bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Mahsulotlar Ukraina ovqatlanish ilmiy-tadqiqot instituti va Ukraina Tibbiyot fanlari akademiyasining pediatriya, akusherlik va ginekologiya instituti tomonidan tasdiqlangan. Sut aralashmalarining tarkibini ishlab chiqishda, FAE / WHO / Codex Alimentarius Evropa ilmiy pediatriya-gastroenterologlari jamiyatining tavsiyalari inobatga olinadi. Sog’lom emizikli bolani ovqatlantirishda aralashmalarga moslashtirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:

1.Aralashmalarning oqsil tarkibiy qismlarini moslashtirish:

— oqsil tarkibini pasaytirish;

— zardob oqsillari bilan boyitish;

— nukleotidlarning qo’shilishi,

— aminokislotalar tarkibini tuzatish (taurinning qo’shilishi).

2. Uglevod tarkibiy qismini moslashtirish:

— yetishmayotgan laktoza miqdorini qo’shilishi;

— oligosaxaridlarning qo’shilishi.

3. Aralashmaning yog’ tarkib qismini moslashtirish:

— o’simlik yog’lari bilan boyitish (ko’p to’yinmagan yog’li kislotalar — omega-6 va omega-3).

4. Aralashmaning vitamin, makro- va mikroelement tarkibini moslashtirish:

— vitaminlar bilan boyitish;

— mikroelementlar tarkibini majburiy ravishda (I, Zn, Fe, Cu, Se) qo’shish bilan tuzatish

— kalsiy va fosfor miqdorini optimallashtirish.

Hozirgi kunda ko’plab zamonaviy bolalar aralashmalari moslashuvchanlik darajasiga ko’ra aksariyati boshlang’ich formulalarga bo’linadi, ular hayotning birinchi 6 oyidagi bolalarni boqish uchun ko’rsatiladi va navbatdagi formulalar — hayotning ikkinchi yarmidagi bolalar uchun. Boshlang’ich formulalar maksimal darajada(zamonaviy texnologiyalarning kuchi yetganicha) inson sutining tarkibiga yaqin va hayotning birinchi oylaridagi bolalar metabolizmining ehtiyojlari va xususiyatlariga mos keladi. Keyingi formulalar hayotning ikkinchi yarmidagi bolalarning ortib borayotgan ehtiyojlarini hisobga oladi.

Zamonaviy moslashuvchan sutli bolalar aralashmalariga misol tariqasida, prebiotiklar va nukleotidlar bilan boyitilgan Malyuk premium 1, Malyuk premium 2 va Malyuk premium 3 quruq bolalar sutli aralashmalarini keltirish mumkin. Ular bolalar ovqatlariga bo’lgan Yevropa standartlariga to’liq javob beradi.

Prebiyotiklar va nukleotidlarga boy bo’lgan boshlang’ich Malyuk premium 1 quruq sutli aralashmasi , tug’ilgandan 6 oygacha bo’lgan bolalarni ona suti yetishmovchiligi yoki yo’qligi sabab, aralash yoki sun’iy oziqlantirish uchun mo’ljallangan.

Aralashmaning oqsil tarkibini moslashtirish oqsil miqdorini kamaytirishni o’z ichiga oladi. Aralashmaning oqsillarini inson suti tarkibiga yaqinlashtirish uchun, unga oson hazm boladigan va o’zlashadigan, ko’krak sutida ko’p uchraydigan zardob oqsillari qo’shiladi. Oqsil miqdori 100 ml uchun 1,4 g ni tashkil etadi. Aralashmadagi zardob oqsillarining kazeinga nisbati 60:40 ni tashkil qiladi. Aralashma tauringa boyitilgan — yog ’almashinuvida katta rol o’ynaydigan, asab tizimining rivojlanishi va ko’rish funksiyasini shakllantirishga yordam beradigan muhim aminokislota.

Malyuk premium 1 aralashmasining yog’ tarkibiy qismi ko’krak sutidagi yog’larning tarkibiga imkon qadar yaqinlashtirilgan. Qayta tiklangan aralashmaning 100 ml tarkibidagi yog’ning umumiy miqdori 3,6 g ni tashkil qiladi. Sut yog’i va o’simlik yog’ining (makkajo’xori, hindiston yong’og’i, kolza) maxsus tanlangan birikmasi bolani optimal darajada poli to’yinmagan yog’ kislotalari bilan ta’minlaydi. Malyuk premium 1 aralashmasi tarkibiga alfa-linolenik (ω-3) va linoleik (ω-6) poli to’yinmagan yog’li kislotalarini kiritish juda muhimdir. ω-6 va ω-3 o’rtasidagi nisbatni 5: 1 dan 15: 1 gacha bo’lgan oraliqda saqlash muhim ahamiyatga ega. «Malyutka premium 1» aralashmasida bu nisbat 10: 1 ni tashkil qiladi. Ushbu aralashmaning tarkibiga alfa-linolenik kislota (ω-3) manbai bo’lgan kolza yog’ining qo’shilishi hisobiga ω-6 sinfdan ω-3 gacha optimal nisbatga erishilgan.

Yog’ so’rilishini yaxshilash uchun Malyuk premium 1 sut aralashmasiga oz miqdordagi tabiiy emulsifikator, lesitin qo’shiladi. Lesitin tanaga energiya ishlab chiqarishga yordam beradi va miya uchun juda muhim qurilish materiali hisoblanadi, jigar va buyrak faoliyatini yaxshilaydi hamda xolin manbai hisoblanadi. Aralashmaning tarkibiga shuningdek, L-karnitin — tabiiy vitaminga o’xshash modda, yog’larning tashilishi va so’rilishini tartibga soluvchi modda kiritilgan. «Malyutka Premium» aralashmasining tarkibiga qo’shiladigan sut yog’i mahsulotning ta’mini yaxshilaydi. Sut yog’i bilan ma’lum miqdordagi xolesterin qo’shiladi, bu uning endogen sintezini tartibga solishni ta’minlaydi va metabolizmning navbatdagi bosqichini belgilaydi. Ko’krak sutida ham xolesterin mavjud, bundan tashqari emizish giperxolesterinemiya xavfini kamaytirishi ma’lum. Shu sababli, sut yog’ini aralashmalar tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq deb taxmin qilish mumkin.

Uglevod komponenti mahsulotdagi yagona uglevod — laktoza 100 ml uchun 7,3 g miqdorida ifodalanadi. Laktoza — ona sutining asosiy uglevod tarkibiy qismidir, u bir qator muhim biologik xususiyatlarga ega: bolani energiya bilan ta’minlaydi, tezda hazm bo’ladi va minerallarning (kaltsiy, rux, magniy va boshqalar) so’rilishini yaxshilaydi. Laktoza tarkibiga kiradigan galaktoza, miyaning (galaktotserebrosiy) shakllanishi uchun zarurdir. Laktoza, bifidobakteriyalar va laktobakteriyalarning o’sishini ta’minlash orqali normal ichak biosenozini saqlashga yordam beradi.

Sigir sutini ona sutiga moslashtirishda juda muhim bo’g’in bu mikroelement tarkibini tuzatishdir. Bu, bir tomondan, sigir sutiga nisbatan aralashmalarda Ca, K, Na mineral tuzlarini kamaytirish, ikkinchi tomondan, zarur bo’lgan essentsial mikroelementlarini (I, Zn, Fe, Cu, Se) majburiy ravishda kiritishdan iborat. Aralashmaning tarkibini ishlab chiqish jarayonida, eng avvalo, bolaning ushbu tarkibiy qismlarga bo’lgan fiziologik ehtiyojlari hisobga olingan. Moslashtirilgan aralashmalarda nafaqat mikroelementlarining soni, balki ularning nisbati ham juda muhimdir. Osteogenez jarayonining to’g’ri o’tishi uchun zarur bo’lgan Ca va P ning optimal nisbati katta ahamiyatga ega. «Malyuk premium 1» aralashmasida bu nisbat 1,7: 1 (boshqa boshlang’ich aralashmalarda 1,2: 1 dan 2: 1 gacha). «Malyutka Premium 1» aralashmasi temirning yetarli miqdorini (100 ml ga 0,50-0,84 mg) yetkazib beradi, bu temir tanqisligi kamqonligining va psixomotor profilaktikasi uchun, bolalarning intellektual rivojlanishi uchun juda muhimdir. Temirning eng yaxshi so’rilishi uchun C vitaminining temir bilan optimal nisbati (15: 1) bo’lishi lozim.

Sigir sutida oqsil va mineral tuzlarning ko’pligi hayotining dastlabki yillarida bolalarning buyraklari va ichak shilliq qavatining siqilishiga olib keladi. Bu sigir sutini hayotning dastlabki yarmidagi va xatto ikkinchi yarim yilligidagi bolalarga tavsiya etmaslikning asosiy sabablaridan biridir.

Aralashmaning tarkibida turli xil vitaminlar va vitaminlarga o’xshash moddalar mavjud (A, D, E, K, C, B1, B2, B6, B12, PP, foliy kislotasi, pantotenik kislota), ularning tarkibi inson sutiga yaqin.

So’nggi paytlarda, rivojlanayotgan bola organizmi uchun vitaminga o’xshash moddalarning ulkan rolini hisobga olgan holda, aralashma tarkibiga vitaminga o’xshash xolin va inozitol moddalari kiritildi.

Aralash yoki sun’iy oziqlantirishga bo’lgan ehtiyoj mikroekologik buzilishlarning shakllanishiga zamin yaratadi. Oshqozon-ichak trakti foydali mikroflorasi (bifidobakteriyalar, laktobakteriyalar) bilan sekin qoplanadigan, erta tug’ilgan chaqaloqlar dizbioz rivojlanishiga ko’proq moyil bo’ladi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlar va yosh bolalarning dizbioz muammosini hal qilishning maqbul usullaridan biri bu prebiyotiklar bilan boyitilgan, moslashtirilgan sut aralashmalaridan foydalanish. Sut aralashmalari tarkibiga prebiyotiklarni qo’shimcha ravishda kiritish ko’krak sutidagi oligosaxaridlarning ta’sirini orttiradi va ichak mikroflorasini tarkibini normallashtirishga imkon beradi.

Prebiyotiklarning uchta asosiy guruhga bo’linadi: inulin guruhining prebiyotikalari (inulin, oligosaxaridlar, fruktooligosaxaridlar — FOS), galaktooligosaxaridlar (GOS) va laktuloza.

Oligosaxaridlar prebiyotiklar guruhiga kiradi. Prebiyotiklar foydali ichak mikroflorasining rivojlanishini ta’minlaydigan va bolaning tanasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan, ovqat hazm qilish jarayonlari va immunitet holatini yaxshilaydigan uglevod turidir. Yarim asrdan ko’proq vaqt oralig’ida ko’krak suti oligosaxaridlarining bifidogen ta’siri (ko’krak sutining prebiyotik tarkibiy qismi) ma’lum. 2012 yil, fevral oyida Evropa pediatrlari, gastroenterologlari va nutritsiologlari (ESPGHAN) sut tarkibidagi probiotiklar va prebiotiklarni qo’shimcha kiritish samaradorligi va xavfsizligi to’g’risida tizimli sharhni e’lon qildi. Ushbu sharhda prebiotiklarni o’z ichiga olgan aralashmalarning antropometrik ko’rsatkichlarga ta’siri, axlatning konsistensiya massasi va bolaning ichak harakatining tabiati tahlil qilinadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, prebiotiklar bilan boyitilgan sut aralashmalari axlat(kal)ning pH miqdorini kamaytiradi, ichak harakatining tezligini oshiradi, kalni yumshatadi va bifido- va laktobakteriyalar sonini ko’paytiradi.

Prebiotiklarning ta’sir etish mexanizmi juda murakkab. Oshqozon-ichak traktining yuqori qismlariga bo’linmasdan, bu moddalar o’zgarmagan holda katta ichakka yetib borib, fermentatsiyaga uchraydi va u yerda bifido- va laktobakteriyalarning selektiv o’sishini ta’minlovchi substratlar hosil qiladi. Raqobat natijasida bifido- va laktobakteriyalar enterotsitlarga bog’lanib, patogen mikroorganizmlarning adgeziyasini oldini oladi. Ushbu jarayonni amalga oshirishda sut kislotasi yordam beradi. Sut kislotasi ichakdagi pH miqdorini pasaytiradi va bakteritsid ta’sir ko’rsatib, patogen mikrofloraning o’sishini kamaytiradi. Qisqa zanjirli yog’ kislotalari (sirka, propion, butir) kolonositlarga ijobiy trofik ta’sir ko’rsatadi. Odam sutida oligosaxaridlar uglevodlar umumiy miqdorining 15 foizini tashkil qiladi, sigir sutida esa ular deyarli yo’q. Sun’iy oziqlantirish uchun bolalar sutli aralashmalarini oligosaxaridlar bilan boyitish oligasaxarid prebiotik xususiyatlarining asosini tashkil etadi.

Prebiyotiklar bilan boyitilgan sut aralashmalaridan foydalanish mikrofloraning holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, patogen mikroorganizmlar miqdorini pasaytirishga yordam beradi va bolalarda yuqumli va atopik kasalliklar xavfini kamaytiradi.

«Malyuk premium 1» sut aralashmasining tarkibiga 9:1 nisbatda qisqa zanjirli galaktooligosaxaridlar (GOS) va uzoq zanjirli fruktooligosaxaridlar (FOS) birikmasi kiritildi. Bu nisbat molekulalar o’lchami bo’yicha maksimal ravishda ko’krak sutinikiga mos taqsimlanishi va bifidogen faolligi ham imkon qadar ko’krak sutinikiga mos kelishi uchun tanlangan.

So’nggi yillarda bolalar sutli aralashmalarini ona sutida mavjud bo’lgan tarkibiy qismlar bilan boyitishga katta e’tibor berilmoqda. Ushbu tarkibiy qismlarga nukleotidlar kiradi. Nukleotidlar ko’plab biokimyoviy va hujayra ichidagi jarayonlarda muhim rol o’ynaydigan birikmalardir. Ular tuzilishiga ko’ra, uchta tarkibiy qismdan iborat: azotli asos, shakar — pentoza va bittadan uchtagacha fosfat guruhlari.

Ko’krak sutida taxminan 13 xil nukleotidlar mavjud, ulardan beshtasi eng muhimlaridandir. Bularga adenozinmonofosfat (AMP), sitidinmonofosfat (SMF), guaninmonofosfat (GMF), uridinmonofosfat (UMF) kiradi.

Organizmning fiziologik va immunologik reaksiyalarida nukleotidlarning ahamiyati juda katta ekanligi aniqlangan. Ular RNK va DNK sintezida ishtirok etadilar, normal ichak mikroflorasini shakllantirishga yordam beradi, ozuqa moddalarining so’rilishiga ta’sir qiladi, immunomodulyatsion ta’sirga ega, turli organlar va tizimlarning hujayralari o’sishi va differensiatsiyasi uchun zarur energiyani yetkazib beradi. Nukleotidlar miya to’qimalari va vizual analizatorlarning o’z vaqtida yetilishiga hissa qo’shadi. Shuning uchun chaqaloqlarni oziqlantirishda nukleotidlarning qo’shimcha oziq-ovqat bilan ta’minlanishi juda muhimdir.

«Malyuk premium 1» aralashmasiga 5 ta zaruriy nukleotidlar qo’shilgan: adenozin, sitidin, uridin, guanozin, inozit (1-jadval).

1-jadval

Moslashtirilgan aralashmadagi, ona sutidagi va sigir sutidagi nukleotidlarning soni va ularning tarkibi

NukleotidlarSigir suti mg/100 mlOna suti mg/100 mlAralashma «Malyutka premium», mg/100ml
Adenozin0,41,10,50-0,77
Sitidin6,71,00,72-1,39
Guanozin0,20,14-0,30
Inozin0,30,50,34-0,61
Uridin0,70,50-0,86

Bolalar sutli aralashmalarini nukleotidlar bilan qabul qilgan bolalarning klinik tekshiruvi, ularning yuqori samaradorliligini ko’rsatdi. Bolalar vazni yaxshilandi, ularda ichak disfunksiyasi kamroq uchradi va ular zararli ekologik omillarga, yuqumli agentlarga nisbatan chidamliroq ekanliklari kuzatildi. Ushbu bolalarning motor va jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari oddiy aralashmalar bilan oziqlangan bolalarga qaraganda yuqori edi.

Prebiotiklar va nukleotidlar bilan to’yingan «Malyuk premium 2» quruq sutli aralashmasi navbatdagi formula hisoblanadi va 6 oydan 1 yoshgacha bo’lgan bolalarni ko’krak suti yetishmasligi yoki yo’qligida aralash va sun’iy oziqlantirishga mo’ljallangan. Ushbu aralashma tarkibi ko’krak sutiga yaqin qilib tayyorlanadi va hayotining ikkinchi yarim yilligidagi bolalarning ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirishni hisobga oladi.

100 ml tayyor mahsulotdagi yog ’miqdori 3,5 g ni tashkil qiladi. Yog’ tarkibiy qismi «Malyuk premium 1» aralashmasining tarkibiga o’xshaydi, tarkibiga sut yog’i va o’simlik moylari (makkajo’xori, hindiston yong’og’i, kolza) kiradi. Aralashmaning ω-6 va ω-3 to’yinmagan yog’li kislotalar o’rtasida optimal nisbati (10: 1).

Uglevod tarkibiy qismi laktoza, maltodekstrin va oz miqdordagi saxarozadan iborat. Uglevodlarning umumiy miqdori 100 ml qayta tiklangan aralashmada 7,4 g ni tashkil qiladi. Aralashma minerallar, mikroelementlar va vitaminlarning muvozanatli kompleksini o’z ichiga oladi. Ushbu aralashmada temirning miqdori, hayotining ikkinchi yarim yilligidagi bolalarda unga bo’lgan ehtiyojning ortishi sababli ko’payadi (bu yoshda onada temirning zaxiralari kamayib ketadi va ko’p hollarda anemiyaga olib keladi). Sut aralashmasining tarkibiga prebiotiklar (galakto- va fruktooligosaxaridlarning birikmasi) va nukleotidlar ham kiritilgan.

Oxirgi paytlarda, bolalarni hayotining birinchi yillarida sut mahsulotlari bilan ta’minlashga bo’lgan e’tiborning kuchayishi fonida, dunyo bo’ylab 3 yoshgacha bo’lgan bolalarga mo’ljallangan maxsus sut o’rnini bosuvchi mahsulotlarni yaratish tendentsiyasi aniqlandi. Yetakchi nutrisiologlarning fikriga ko’ra, moslashtirilgan sut aralashmalarini (o’zgartirilgan sut) hayotning daslabki 3 yilligidagi bolalarning ovqatlanishida qo’llash fiziologik jihatdan ushbu yoshdagi bolalarning tanadagi muhim ehtiyojlarini zaruriy ozuqalar bilan ta’minlash imkonini beradi. Fransiya bolalar oziq-ovqat qo’mitasining (2011) so’nggi tavsiyalari shuni ko’rsatadiki, «o’stiradigan sut«ni (o’zgartirilgan sut) barcha bolalar 3 yoshga to’lgunglariga qadar iste’mol qilishlari zarur.

Bunday aralashmalarga «Xorol bolalar oziq-ovqat mahsulotlari zavodi» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan «Prebiotiklar va nukleotidlar bilan to’yingan Malyuk premium 3» misol bo’la oladi.

«Malyutka premium 3 prebiotiklar va nukleotidlar bilan » quruq sut aralashmasi ko’krak sutiga o’xshaydi va hayotining ikkinchi va uchinchi yillarida bolalarning ortib borayotgan ehtiyojlarini hisobga oladi. Aralashmadagi oqsil miqdori 100 ml qayta tiklangan mahsulotda 2,7 g ni tashkil qiladi. Zardob oqsillarining kazeinga nisbati 20:80. Aralashma taurin bilan boyitilgan — bu yog’ almashinuvida katta rol o’ynaydigan, asab tizimining rivojlanishi va bolaning ko’rish funksiyasini shakllantirishga yordam beradigan muhim aminokislota.

100 ml tayyor mahsulotdagi yog’ning umumiy miqdori 2,6 g ni tashkil qiladi. Yog’larning nafaqat miqdori, balki sifati ham muhimdir. Yog’ning tarkibiy qismi sut yog’i va o’simlik moylarining (makkajo’xori, hindiston yong’og’i, kolza) maxsus tanlangan birikmasi bilan ifodalanadi. Bu essentsial yog’ kislotalarining zaruriy tarkibini ta’minlaydi — linol kislotasi (ω-6) va alfa-linolenik kislota (ω-3). Aralashmaning ω-6 va ω-3 to’yinmagan yog’li kislotalar o’rtasida optimal nisbati mavjud (10: 1). Yog’larning hazm qilinishi va so’rilishini yaxshilash uchun «Malyuk premium 3» aralashmasiga oz miqdordagi lesitinning tabiiy emulgatori kiritilgan, bu ichak bo’shlig’idagi yog’ tomchilarini «eritib yuborishga» yordam beradi. Aralashmaga L-karnitinni kiritish hujayralararo tashuvni va organizmdagi yog’ kislotalarini oksidlanishini osonlashtiradi.

Sut aralashmasining tarkibiga prebiotikalar kiritilgan — aralashmaning bifidogen faolligi ko’krak sutiga yaqin bo’lishi uchun 9: 1 nisbatda qisqa zanjirli galaktooligosaxaridlar va uzoq zanjirli fruktooligosaxaridlar birikmasi qo’shilgan.

Aralashmaga 5 ta eng muhim nukleotid qo’shilgan: adenozinmonofosfat, setidinmonofosfat, uredinmonofosfat, guaninmonofosfat, inozinmonofosfat. 100 ml yangilangan aralashmada ularning miqdori 2,29 — 3,93 mg ni tashkil etadi.

Prebiotikalar va nukleotidlar bilan to’yingan «Malyuk premium 3» — o’zida yaxlit sutli aralashmani jam qiladi, 12 oylik bolalar uchun turli ovqatlar (quruq sutsiz bo’tqa, shirinliklar, sho’rvalar) tayyorlashda sutli ichimlik sifatidagi aralashma.

Prebiyotikalar va nukleotidlar bilan boyitilgan, mahalliy sutli aralahmalar «Malyuk premium 1», «Malyuk premium 2», «Malyuk premium 3» o’tkazilgan klinik tadqiqotlar natijalariga ko’ra sog’lom bolalarga ham, alohida ovqatlanish ehtiyojiga ega bolalarga ham birdek foydali ekanligini ko’rsatdi .

Xorol bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodida hayotining dastlabki yilidagi — 0 dan 12 oygacha bo’lgan bolalarni oziqlantirish uchun kazeinga boy «Malyuk» aralashmalari tayyorlanadi: «Malyuk 1», «Malyuk 2». Ushbu mahsulotdan birdek, sog’lom bolalarni va alohida ehtiyojlari bor bo’lgan bolalarni ovqatlantirishda foydalanish mumkin. Masalan, kekirgan payt (oshqozonda hosil bo’lgan kazein laxtasi zichroq bo’lgani uchun oshqozondagi narsalarning qizilo’ngachga tushishining oldini oladi). Ratsionida kazein aralashmasi ishlatiladigan bolalar, kazeinning juda to’yingan ta’siri tufayli yaxshiroq ovqatlanadilar.

Hayotining birinchi yarmidagi bolalarni boqish uchun ishlatiladigan «Malyuk 1» aralashmasi, oqsilning maqbul miqdorini o’zida jamlaydi — 100 ml qayta tiklangan aralashmada 1,42 g. Zardob oqsillarining kazeinga nisbati 20:80.

Yog’ tarkibiy qismi (100 ml qayta tiklangan aralashma uchun 3,58 g) o’simlik moyi (muhim to’yinmagan yog’ kislotalari manbai) va sut yog’idan iborat bo’lib, bu mahsulotning ta’mini sezilarli darajada yaxshilaydi. Makkajo’xori va kungaboqar yog’lari (ω-6) muhim aminokislotalar manbai sifatida kiritilgan.

Uglevod tarkibiy qismiga (100 ml aralashmada 7,29 g) laktoza (75%) va dekstrinmaltoza (15, 5%) tashkil topgan tarkib kiradi, bu mahsulotning osmolyarligini pasaytirishga yordam beradi.

Malyuk 2 aralashmasi hayotining 2-yarmida yilligidagi bolalarni boqish uchun ishlatiladi, oqsil miqdori 100 ml qayta tiklangan aralashmada 1,69 g. Zardob oqsillarining kazeinga nisbati 20:80. Yog’ tarkibiy qismi (qayta tiklangan aralashmaning 100 ml da 3,5 g) o’simlik yog’i va sut yog’i aralashmasidan iborat. «Malyuk 2» aralashmasining uglevod tarkibi (100 ml aralashmaga 7,43 g) laktoza, dekstrinmaltoza va saxaroza bilan ifodalanadi.

Ushbu mahsulotlar taurin bilan boyitilgan, bu esa ko’z setchatkasi va asab to’qimalarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi. Taurin, shuningdek, hayotining birinchi yilligidagi , yog’larga bo’lgan bardoshliligi pasaygan bolalar uchun juda muhim bo’lib, yog’larni hazm qilish va so’rilishini osonlashtiradi.

Ushbu aralashmalarning mineral tarkibi hayotning dastlabki yilidagi bolalarning fiziologik ehtiyojlariga mos keladi. Mahsulot kaltsiy va fosforning optimal nisbati (1,7: 1) va temirning yetarli miqdoriga ega. Aralashmada, yod yetishmovchiligini oldini olish va qalqonsimon bezning to’g’ri shakllanishi uchun yetarli miqdorda yod mavjud (100 ml aralashmada 7,4 mkg). Mahsulotlar tarkibiga selenning kiritilishi immunitet va antioksidant himoyasini ta’minlaydi. Mahsulotlarning vitamin tarkibi bolaning fiziologik ehtiyojlari uchun juda muhim ovqatlanish omillariga mos keladi.

Bolaning to’liq rivojlanishi uchun nafaqat oziq-ovqat bilan iste’mol qilinadigan oqsil miqdori, balki uning tarkibidagi aminokislotalar orqali aniqlanadigan oqsil sifati ham muhimdir. Aminokislota tarkibi jihatidan sutli oqsil zardobi va kazein ko’krak sutining aminokislotali oqsillari tarkibiga juda yaqin. Shuning uchun sigir suti oqsillari asosida tayyorlangan bolalar aralashmalarining biologik qiymati ancha yuqori. Aralashmalarda aminokislotali zardob oqsili tarkibi inson suti oqsillariga yaqin bo’lsa ham, na zardob va na kazein inson suti oqsillariga to’la mos kela olmaydi. Bu ayniqsa, oltingugurtni o’z ichiga olgan aminokislotalar (metionin va sistein) va aromatik aminokislotalar (fenilalanin, tirozin va triptofan) uchun tegishli.

Shu asnoda, yuqorida keltirilgan aminokislotalarning alternativ manbai sifatida sut aralashmalariga don unining qo’shilishi mumkinligi haqidagi gipoteza alohida qiziqish uyg’otmoqda. Bunday aralashmalar an’anaviy ravishda Rossiya, Germaniya, Avstriya, Shvetsiyada qo’llaniladi. Bolalarni boqishda aralashmalarga yorma qo’shilishi ovqatlanish orasidagi vaqt oralig’iga bardosh berolmaydigan bolalarning yaxshiroq to’yinishiga yordam beradi. Bu esa, sut aralashmasining qo’shimcha ravishda berilishiga chek qo’yadi, shu bilan birgalikda bolalarning haddan tashqari ko’p ovqatlanib, semirib ketish xavfini oldini oladi.

Xorol zavodida hayotining dastlabki yilidagi bolalarni ovqatlantirish uchun don unidan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. «Malysh» va «Yormali un qo’shilgan Malyuk premium » aralashmalari mos ravishda 4 va 6 oylik bolalarni boqish uchun mo’ljallangan.

Aralashma tarkibiga yormali un qo’shilishi yaxshi to’yintiruvchi ta’sirga ega, bu ovqatlanish oralig’ida bolaning tinch bo’lishini ta’minlaydi.

«Malysh» aralashmasining tarkibi o’sayotgan organizmning ehtiyojlarini hisobga olgan holda maxsus muvozanatlangan. Oqsil miqdori 100 ml tayyor aralashmada 1,52 g ni tashkil qiladi. Uglevodlarning yuqori miqdori va yuqori energiya qiymati mavjud. Temir moddasining ko’p miqdori (0,97 mg / 100 ml) 4 oylik bolalardagi ehtiyojlarni hisobga olib, kamqonlikni oldini oladi (bu yoshda onaning temir zaxiralari kamayib ketadi, bu esa kamqonlikni rivojlanishiga olib kelishi mumkin).

«Yormali un qo’shilgan Malyuk premium » aralashmasining tarkibi hayotining 2-yarmidagi bolaning ehtiyojlarini hisobga olgan holda, maxsus muvozanatlangan. 100 ml aralashmada, oqsil miqdori 1,6 g ni tashkil qiladi. Yog’ tarkibiy qismi (100 ml tayyor aralashmada 3,5 g) sut yog’i va o’simlik moylari (makkajo’xori, hindiston yong’og’i, kolza) aralashmasi bilan maxsus tanlangan. Aralashmaning ω-6 va ω-3 to’yinmagan yog’li kislotalar o’rtasida optimal nisbati mavjud (10: 1). Uglevod tarkibiy qismi laktoza, maltodekstrin va oz miqdordagi saxarozadan tashkil topgan. Uglevodlarning umumiy miqdori 100 ml qayta tiklangan aralashmada 7,3 g ni tashkil qiladi.

Mahsulotga har xil turdagi un (guruch, karabuğday, suli uni) qo’shilishi, bolaning ovqat hazm qilishini hisobga olgan holda, «Malysh» va «Yormali Malyutka premium » aralashmasini tanlashga imkon beradi.

«Malysh» ning karabuğday unidan tayyorlangan aralashmasi anemiya, oshqozon-ichak trakti kasalliklari profilaktikasi uchun mos keladi. Guruch unidan tayyorlangan «Malysh» aralashmasi ichaklarning faoliyatini tartibga soladi, ayniqsa «beqaror» ich kelishi va diareya uchun mo’ljallangan. «Malysh» ning karabuğday va guruch unlari aralashmasida glyuten yo’q.

Suli uni qo’shilgan «Malysh» aralashmasi oshqozon-ichak trakti kasalliklarida ko’proq qo’llaniladi, chunki u ichak shilliq qavatiga ta’sir qilib, motor jarayonlarini tartibga soladi.

Yorma uni qo’shilgan «Malysh» aralashmasi sog’lom bolalarni muntazam ravishda oziqlantirish uchun tavsiya etilgan «Malyuk» bazaviy sut aralashmasi bilan bir qatorda ko’krak suti bilan ham yaxshi aralashadi.