Hayotining birinchi yilida go'dak uchun har jihatdan yaxshi oziqа - bu ona sutidir

Biz haqimizda

MALYUK TM bolalar quruq sutli aralashmalari 1972-yilda tashkil etilgan «Хорольский завод детских продуктов питания» zavodida ishlab chiqariladi, bu Ukrainadagi yagona bolalar va maxsus oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Xorol BMSKK ishlab chiqarish korxonalari Poltava viloyatining ekologik toza hududida joylashgan bo’lib, «Bosch» va «Alfa Laval» sutni qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqarish bo’yicha yetakchi firmalarning texnologik, sovutish va energiya uskunalari bilan jihozlangan.

Qat’iy nazorat ishlab chiqarishning har bir bosqichida amalga oshiriladi, shuningdek xalqaro ISO 9001: 2009 va HACCP standartlariga mos keladi.

MALYUK TB bolalar quruq sutli aralashmalari faqat zaruriy vitaminlar, biologik qimmatli komponentlar, shuningdek mikro va makro elementlar bilan boyitilgan tabiiy sutdan tayyorlanadi.

Texnologiyaning o’ziga xos xususiyati quruq emas, balki sof sutdan foydalanishdir. Maxsus saralangan yangi sutdan foydalanish mahsulotlarning biologik qiymatini maksimal darajada oshirishga imkon beradi, bu esa o’z navbatida bizning aralashmalarimiz va yormalarimizning ajoyib ta’mga ega bo’lishini ta’minlaydi.

Mahsulotlarimiz tarkibida bo’yoqlar, xushbo’y hid beruvchilar, konservantlar, pestitsidlar, og’ir metall tuzlari, radionuklidlar va boshqa zararli moddalar mavjud emas.

ACAPITA TRADING kompaniyasi O‘zbekiston bozorida o‘z faoliyatini 2018-yilda boshladi. Kompaniyaning bosh ofisi va ombor terminallari Toshkent shahrida joylashgan.

 

«ACAPITA TRADING» BELTERA holdingi tarkibiga kiradi.

ACAPITA TRADING o’z hamkorlarining import qilinadigan mahsulotlarini rasmiy ravishda distribyutsiya qilishga ixtisoslashgan.

ACAPITA TRADING kompaniyasining missiyasi– bozorni sifati va narxi bo’yicha eng yaxshi bolalar oziq-ovqatlari va bolalar iste’mol tovarlari bilan ta’minlash.

Bizning vazifamiz — Oʼzbekistonda mahsulot realizatsiyasining barcha pogʼonalarida qatʼiy, koʼp bosqichli nazorat etish.

Bugungi kunda raqobatbardosh narx va yuqori sifat, bolalar oziq-ovqatlari va bolalar isteʼmol tovarlari segmentida tijorat muvaffaqiyatining muhim omili hisoblanadi.

BIZNING IMKONIYATLАRIMIZ

Sizning mahsulotlaringizni Oʼzbekiston bozorida taqdim etish.

Mahsulotlaringizni Oʼzbekiston bozoriga imkon qadar qisqa muddatlarda kiritish.

Oʼzingizning mahalliy vakolatxonangizni ochishingiz shart boʼlmagan holda, Sizning kompaniyangiz manfaatlarini Oʼzbekistonda namoyish etish.

Bolalar oziq-ovqat mahsulotlari va bolalar isteʼmoli tovarlari segmentidagi statistik va marketing tadqiqotlari.

SMARTUP toʼliq avtomatlashtirilgan CRM tizimidan foydalanish.

Bolalar oziq-ovqati segmentida MALYUK savdo belgisi ostida hamkorlarning mahsulotlarini sotish imkoniyati.

Yetarli miqdorda oʼz aylanma mablagʼlarining mavjudligi.

ACAPITA TRADING va ISHLАB CHIQАRUVCHILАR

ACAPITA TRADING kompaniyasi doimiy va uzoq muddatli asosda oʼzaro manfaatli hamkorlikka qiziqish bildiradi. Аyni paytda biz, Oʼzbekistonning jadal rivojlanayotgan bozori bilan qiziqadigan yangi sheriklarni izlash bilan mashgʼulmiz. Biz Oʼzbekiston bozorida bir necha yildan beri mavjudmiz, mamlakatning barcha viloyatlarida kuchli va tajribali dilerlar tarmogʼiga egamiz. Sizlarni yangi hamkorlarimiz qatorida koʼrishga umid qilamiz. Sizning mahsulotlaringizni yangi bozorga kiritish, sotish va ilgari surishnig barcha bosqichlarida professional yondashuvni kafolatlaymiz. Batafsil maʼlumot olish uchun, kompaniyangiznig rekvizitlari, tavsifi va faoliyat turi haqida qisqacha maʼlumot yozib, bizning manzilimizga tegishli tartibda soʼrov yuboring.